ERASMUS+ICM KA171: KIPRDA KU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI UCHUN AKADEMIK ALMASHINUV IMKONIYATI
15.09.2026

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN
3 nafar Qo‘qon universiteti professor o‘qituvchisi 2026-2027 akademik yil, bahorgi semestrda CIM – Cyprus Business School (Nicosia, Cyprus)ga borib, 7 kun davomida professional faoliyat yurgizib kelishlari mumkin.
Erasmus+ KA171 doirasida:
Teaching Mobility
1 nafar professor-o‘qituvchi — 7 kun
Training Mobility
2 nafar professor-o‘qituvchi — 7 kun
Mobillik CIM – Cyprus Business Schoolda akademik dars berish yoki kasbiy rivojlanish/trening faoliyatini amalga oshirish shaklida tashkil etiladi.
Professor-o‘qituvchilar uchun asosiy talablar
Qo‘qon universitetining Akademik mobillik to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq nomzod:
- Qo‘qon universiteti bilan amaldagi mehnat shartnomasiga ega bo‘lishi;
- so‘nggi 1 yil davomida jiddiy intizomiy jazoga tortilmagan bo‘lishi;
- dastur talablariga mos (B2) chet tili bilimiga ega bo‘lishi;
- so‘nggi KPI baholash davri bo‘yicha qoniqarli yoki undan yuqori natijaga ega bo‘lishi kerak.
Professor-o‘qituvchilarni baholash
Tanlov 100 ballik tizim asosida:
|
Mezon |
Maksimal ball |
|
Chet tili bilish darajasi |
20 |
|
Ilmiy yutuqlar |
25 |
|
Grant/ilmiy loyihalardagi ishtirok |
20 |
|
KPI natijalari |
20 |
|
Ilmiy-akademik faollik |
10 |
|
Kafedra/fakultet tavsiyasi va intervyu |
5 |
|
Jami |
100 |
TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR
Talabalar:
- Ariza;
- CV / tarjimai hol;
- Akademik transkript;
- Chet tili sertifikati;
- Motivatsion xat;
- Tavsiyanoma;
- Dastur talab qiladigan boshqa hujjatlar.
Professor-o‘qituvchilar:
Yuqoridagi hujjatlarga qo‘shimcha ravishda:
- ilmiy ishlar/nashrlar ro‘yxati;
- KPI baholash varaqasi ko‘chirmasi;
- kafedra/fakultet tavsiyanomasi;
- mobillik davrida o‘quv va ilmiy yuklamani vaqtincha boshqa xodimga topshirish bo‘yicha tasdiqnoma.
HUJJATLARNI TOPSHIRISH
Hujjatlarni topshirish manzili:
Qo‘qon universiteti — Xalqaro hamkorlik departamenti
Hujjat topshirish muddati:
20.11.2026
Mas’ul bo‘lim:
Qo‘qon universiteti Xalqaro hamkorlik departamenti
📧 E-mail: u.mamadaliev@kokanduni.uz
📧 E-mail: shsaidov@kokanduni.uz
