Erasmus+ ICM dasturi doirasida Daniyadagi IBA Business Schoolda xodimlar uchun akademik mobillik dasturiga tanlov e’lon qilinadi.
31.03.2026

Erasmus+ ICM dasturi doirasida akademik mobillik (xodimlar uchun)
Qo‘qon universiteti → IBA Business School (Daniya)
Mobillik tafsilotlari
Qabul qiluvchi OTM: IBA Business School
Davlat: Daniya
Mobillik turi: Staff mobility (training / job shadowing)
O‘rinlar soni: 2 nafar
Davomiyligi: 5 ish kuni
Mobillik davri va dasturi
📅 Sana: 18–22 may 2026
Mobillik davomida ishtirokchilar quyidagi xalqaro dasturda qatnashishi shart:
GRAILS – Global Responsible Artificial Intelligence League (BIP)
Mazkur dastur doirasida:
- xalqaro talabalar jamoalari bilan ishlash
- akademik tajriba almashish
- innovatsion va sun’iy intellektga oid loyihalarda ishtirok
Dasturda ishtirok etish badali - 320 €
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Nomzod:
- Qo‘qon universitetining doimiy xodimi bo‘lishi
- faoliyat sohasi mobillik yo‘nalishiga mos bo‘lishi
- ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi
- mobility plan taqdim etishi
- kafedra mudiri tavsiyanomasiga ega bo‘lishi
Hujjatlar ro‘yxati
1. ariza
2. CV
3. motivatsion xat
4. mobility plan
5. til sertifikati yoki ma’lumotnoma
6. kafedra mudiri tavsiyanomasi
Moliyalashtirish
Mobillik Erasmus+ ICM dasturi doirasida to‘liq moliyalashtiriladi:
- safar xarajatlari
- yashash va kunlik xarajatlar
Ariza topshirish muddati
📅 Oxirgi muddat: 10 aprel
📩 Topshirish: shsaidov@kokanduni.uz
