X. Do‘stmuhammedov nomidagi Atyrau universiteti (Qozog‘iston) va Qo‘qon universiteti o‘rtasidagi 1 semestrlik talabalar almashinuvi dasturi!
16.09.2026

Qo‘qon universiteti talabalari uchun navbatdagi xalqaro imkoniyat! X. Do‘stmuhammedov nomidagi Atyrau universiteti bilan akademik almashinuv dasturiga yangi qabul ochildi.
AFZALLIKLARI:
· 100% bepul ta’lim
· Bepul yotoqxona (kampusda barcha sharoitlar mavjud)
· 70 000 KZT miqdoridagi oylik stipendiya
YO‘NALISHLAR: (2-3-kurs talabalari uchun)
· Iqtisodiyot
· Moliya
· Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
· Maxsus pedagogika
· Psixologiya
· Tarix
· Turizm
· Boshlang‘ich ta’lim
· Maktabgacha ta’lim
ASOSIY TALABLAR:
· GPA 3.0 yoki undan yuqori
· Rus yoki qozoq tilini B2 darajasida bilish va erkin muloqot qila olish
Hujjatlarni topshirish uchun so‘nggi muddat: 25-oktabr
Joylar soni qat’iy cheklangan!
Ro‘yxatdan o‘tish: Google Forms havolasi.
QO‘QON UNIVERSITETIDA XALQARO MOBILLIK VA ALMASHINUVNING YANGI YAGONA TARTIBI JORIY ETILDI
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar, tadqiqotchilar va talabalar!
Qo‘qon universitetida “Akademik mobillik to‘g‘risida Nizom” qabul qilindi. Mazkur Nizom universitet Kengashi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, xalqaro almashinuv va akademik mobillikni amalga oshirishning yagona tartibini belgilaydi hamda tegishli bo‘linmalar va ishtirokchilar uchun majburiy hisoblanadi.
2026–2027 o‘quv yilidan boshlab talabalar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va xodimlarning akademik mobillik, xalqaro almashinuv, malaka oshirish, stajirovka, ilmiy tadqiqot va loyihalar, xalqaro konferensiya va ilmiy tadbirlar, yozgi/qishki maktablar, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda boshqa xalqaro faoliyatlarda ishtiroki yagona qoida va talablar asosida amalga oshiriladi.
Nomzodlarni saralash 100 ballik tizim asosida, belgilangan mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
NOMZODLAR QANDAY BAHOLANADI?
|
Mezon |
Ball |
Baholash manbasi |
|
GPA |
30 |
Transkript |
|
Xorijiy tilni bilish darajasi |
25 |
Sertifikat/test |
|
Akademik faollik — ilmiy-uslubiy ishlar, tanlovlar, grantlar |
15 |
Hujjatlar/sertifikatlar |
|
Noakademik faollik — jamoat ishlari, volontyorlik, tashkiliy faoliyat |
15 |
Hujjatlar/tavsiyanoma |
|
Noyob/maxsus iste’dod va yutuqlar — sport, san’at, ijodiy va boshqa yo‘nalishlar |
10 |
Diplom/sertifikat |
|
Motivatsion xat va suhbat natijasi |
5 |
Komissiya bahosi |
|
JAMI |
100 |
|
Izoh 1: Ayrim hollarda grant yoki almashinuv shartnomasining o‘zaro shartlariga muvofiq qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin. Qo‘shimcha shartlarni bajarish asosiy majburiyat hisoblanadi va ballik tizimga kiritilmaydi.
Izoh 2: Safarlar 4 xil usulda moliyalashtiriladi: grant mablag‘lari, universitet mablag‘lari, shaxsiy mablag‘lar yoki aralash moliyalashtirish. Ichki moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun komissiya tuzilishi mumkin.
MAGISTRATURA TALABALARI — 100 BALL

TADQIQOTCHILAR (DOKTORANTLAR) — 100 BALL
|
Mezon |
Ball |
Baholash manbasi |
|
Xorijiy tilni bilish darajasi |
20 |
Sertifikat/test |
|
Ilmiy nashrlar, shu jumladan xalqaro indekslangan jurnallardagi maqolalar |
35 |
Nashrlar ro‘yxati |
|
Grantlar/ilmiy loyihalardagi ishtirok ulushi |
20 |
Loyiha hujjatlari |
|
Ilmiy rahbar tavsiyasi va tadqiqot mavzusiga muvofiqligi |
15 |
Tavsiyanoma |
|
Qo‘shimcha mezonlar/komissiya bahosi |
10 |
Komissiya hujjatlari |
|
JAMI |
100 |
|
Izoh 1: Ayrim hollarda grant yoki almashinuv shartnomasining o‘zaro shartlariga muvofiq qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin. Qo‘shimcha shartlarni bajarish asosiy majburiyat hisoblanadi va ballik tizimga kiritilmaydi.
Izoh 2: Safarlar 4 xil usulda moliyalashtiriladi: grant mablag‘lari, universitet mablag‘lari, shaxsiy mablag‘lar yoki aralash moliyalashtirish. Ichki moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun komissiya tuzilishi mumkin.
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA ILMIY XODIMLAR — 100 BALL
|
Mezon |
Ball |
Baholash manbasi |
|
Xorijiy tilni bilish darajasi |
20 |
Sertifikat/test |
|
Ilmiy yutuqlar — xalqaro/mahalliy nashrlar, monografiyalar, patentlar va boshqalar |
25 |
Nashrlar ro‘yxati/tegishli hujjatlar |
|
Grantlar/ilmiy loyihalardagi ishtirok ulushi |
20 |
Loyiha hujjatlari |
|
KPI tizimi bo‘yicha ball — eng so‘nggi baholash davri |
20 |
KPI hisoboti |
|
Ilmiy va akademik faoliyatdagi faollik — konferensiyalar, tashkiliy faoliyat va boshqalar |
10 |
Sertifikat/hujjatlar |
|
Kafedra/fakultet tavsiyasi va suhbat natijasi |
5 |
Tavsiyanoma/komissiya bahosi |
|
JAMI |
100 |
|
Izoh 1: Ayrim hollarda grant yoki almashinuv shartnomasining o‘zaro shartlariga muvofiq qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin. Qo‘shimcha shartlarni bajarish asosiy majburiyat hisoblanadi va ballik tizimga kiritilmaydi.
Izoh 2: Safarlar 4 xil usulda moliyalashtiriladi: grant mablag‘lari, universitet mablag‘lari, shaxsiy mablag‘lar yoki aralash moliyalashtirish. Ichki moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun komissiya tuzilishi mumkin.
XALQARO MOBILLIK JARAYONI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?
1. E’lon joylashtiriladi; talabgor Qo‘qon universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha e’lonlar sahifasidan batafsil ma’lumot oladi.
2. E’londa belgilangan tartibda ariza va hujjatlar topshiriladi.
3. Xalqaro hamkorlik departamenti tomonidan hujjatlar dastlabki ko‘rib chiqiladi.
4. Buyruq asosida maxsus komissiya tuziladi, nomzodlar baholanadi va suhbat o‘tkaziladi; natijalar bayonnoma bilan tasdiqlanadi.
5. Yakuniy natijalar (reyting) e’lon qilinadi.
6. Hujjatlar keyingi bosqichga yuboriladi va hamkor tashkilot yakuniy qarorni qabul qiladi.
7. Tegishli buyruq rasmiylashtiriladi.
8. Safarga tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi.
9. Xorijiy akademik mobillik amalga oshiriladi.
10. Monitoring olib boriladi.
11. Qo‘qon universitetida seminar o‘tkaziladi va yakuniy hisobot tayyorlanadi.
12. O‘zlashtirilgan tajriba universitet faoliyatiga joriy etiladi.