+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Yevropaning Top Universitetida 1 semestrlik bepul ta'lim!

Yevropaning Top Universitetida 1 semestrlik bepul ta'lim!

16.09.2026

Yevropaning Top Universitetida 1 semestrlik bepul ta'lim!

Qo‘qon universiteti talabalari uchun navbatdagi Yevropa imkoniyati!

Polshaning nufuzli Adam Mickiewicz University (AMU) universitetida 2026–2027-o‘quv yilining bahorgi semestri uchun akademik almashinuv dasturiga qabul ochildi! 🎓

🏰 O‘qish joyi: Poznań shahri, Polsha 
📚 Ta’lim shakli: 1 semestrlik akademik almashinuv

📚 MAVJUD YO‘NALISHLAR:

• Kompyuter injiniringi (Computer Engineering)
• Kiberxavfsizlik (Cybersecurity)
• Ingliz tili va adabiyoti (English Philology)
• Boshlang‘ich ta’lim
• Maktabgacha ta’lim

✨ DASTUR SIZGA NIMA BERADI?

✅ Universitetlararo MoU shartnomasi doirasida 100% kontrakt to‘lovidan ozodlik
✅ Yevropaning ilg‘or ta’lim tizimida tahsil olish imkoniyati
✅ Xalqaro akademik va madaniy muhit
✅ Yangi do‘stlar va xalqaro networking
✅ CV uchun qimmatli xalqaro tajriba va sertifikat

🗂 KERAKLI HUJJATLAR:

  1. 📄 Xorijga chiqish pasporti nusxasi
  2. 📊 Academic Transcript
  3. 🌐 Ingliz tili darajasini tasdiqlovchi hujjat — IELTS B2 yoki MOI xati
  4. 📄 Dekanatdan tavsiyanoma

⚠️ MUHIM: Ikki tomonlama shartnomaga ko‘ra, joylar soni cheklangan. Saralash jarayonida ishtirok etish uchun hujjatlaringizni oldindan tayyorlab qo‘ying!

❗️ Hujjatlarni topshirishning so‘nggi muddati: 20-oktabr

👇 HOZIROQ RO‘YXATDAN O‘TING:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfmAdtNkkKPUnUTXgnQ1mvcDmhfyj8s5XoSuQ_UQg_Cw33FFA/viewform?usp=publish-editor

QO‘QON UNIVERSITETIDA XALQARO MOBILLIK VA ALMASHINUVNING YANGI YAGONA TARTIBI JORIY ETILDI

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar, tadqiqotchilar va talabalar!

Qo‘qon universitetida “Akademik mobillik to‘g‘risida Nizom” qabul qilindi. Mazkur Nizom universitet Kengashi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, xalqaro almashinuv va akademik mobillikni amalga oshirishning yagona tartibini belgilaydi hamda tegishli bo‘linmalar va ishtirokchilar uchun majburiy hisoblanadi.

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab talabalar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va xodimlarning akademik mobillik, xalqaro almashinuv, malaka oshirish, stajirovka, ilmiy tadqiqot va loyihalar, xalqaro konferensiya va ilmiy tadbirlar, yozgi/qishki maktablar, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda boshqa xalqaro faoliyatlarda ishtiroki yagona qoida va talablar asosida amalga oshiriladi.

Nomzodlarni saralash 100 ballik tizim asosida, belgilangan mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

NOMZODLAR QANDAY BAHOLANADI?

Mezon

Ball

Baholash manbasi

GPA

30

Transkript

Xorijiy tilni bilish darajasi

25

Sertifikat/test

Akademik faollik — ilmiy-uslubiy ishlar, tanlovlar, grantlar

15

Hujjatlar/sertifikatlar

Noakademik faollik — jamoat ishlari, volontyorlik, tashkiliy faoliyat

15

Hujjatlar/tavsiyanoma

Noyob/maxsus iste’dod va yutuqlar — sport, san’at, ijodiy va boshqa yo‘nalishlar

10

Diplom/sertifikat

Motivatsion xat va suhbat natijasi

5

Komissiya bahosi

JAMI

100

Izoh 1: Ayrim hollarda grant yoki almashinuv shartnomasining o‘zaro shartlariga muvofiq qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin. Qo‘shimcha shartlarni bajarish asosiy majburiyat hisoblanadi va ballik tizimga kiritilmaydi.

Izoh 2: Safarlar 4 xil usulda moliyalashtiriladi: grant mablag‘lari, universitet mablag‘lari, shaxsiy mablag‘lar yoki aralash moliyalashtirish. Ichki moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun komissiya tuzilishi mumkin.

MAGISTRATURA TALABALARI — 100 BALL

TADQIQOTCHILAR (DOKTORANTLAR) — 100 BALL

Mezon

Ball

Baholash manbasi

Xorijiy tilni bilish darajasi

20

Sertifikat/test

Ilmiy nashrlar, shu jumladan xalqaro indekslangan jurnallardagi maqolalar

35

Nashrlar ro‘yxati

Grantlar/ilmiy loyihalardagi ishtirok ulushi

20

Loyiha hujjatlari

Ilmiy rahbar tavsiyasi va tadqiqot mavzusiga muvofiqligi

15

Tavsiyanoma

Qo‘shimcha mezonlar/komissiya bahosi

10

Komissiya hujjatlari

JAMI

100

Izoh 1: Ayrim hollarda grant yoki almashinuv shartnomasining o‘zaro shartlariga muvofiq qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin. Qo‘shimcha shartlarni bajarish asosiy majburiyat hisoblanadi va ballik tizimga kiritilmaydi.

Izoh 2: Safarlar 4 xil usulda moliyalashtiriladi: grant mablag‘lari, universitet mablag‘lari, shaxsiy mablag‘lar yoki aralash moliyalashtirish. Ichki moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun komissiya tuzilishi mumkin.

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA ILMIY XODIMLAR — 100 BALL

Mezon

Ball

Baholash manbasi

Xorijiy tilni bilish darajasi

20

Sertifikat/test

Ilmiy yutuqlar — xalqaro/mahalliy nashrlar, monografiyalar, patentlar va boshqalar

25

Nashrlar ro‘yxati/tegishli hujjatlar

Grantlar/ilmiy loyihalardagi ishtirok ulushi

20

Loyiha hujjatlari

KPI tizimi bo‘yicha ball — eng so‘nggi baholash davri

20

KPI hisoboti

Ilmiy va akademik faoliyatdagi faollik — konferensiyalar, tashkiliy faoliyat va boshqalar

10

Sertifikat/hujjatlar

Kafedra/fakultet tavsiyasi va suhbat natijasi

5

Tavsiyanoma/komissiya bahosi

JAMI

100

Izoh 1: Ayrim hollarda grant yoki almashinuv shartnomasining o‘zaro shartlariga muvofiq qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin. Qo‘shimcha shartlarni bajarish asosiy majburiyat hisoblanadi va ballik tizimga kiritilmaydi.

Izoh 2: Safarlar 4 xil usulda moliyalashtiriladi: grant mablag‘lari, universitet mablag‘lari, shaxsiy mablag‘lar yoki aralash moliyalashtirish. Ichki moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun komissiya tuzilishi mumkin.

XALQARO MOBILLIK JARAYONI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

1. E’lon joylashtiriladi; talabgor Qo‘qon universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha e’lonlar sahifasidan batafsil ma’lumot oladi.

2. E’londa belgilangan tartibda ariza va hujjatlar topshiriladi.

3. Xalqaro hamkorlik departamenti tomonidan hujjatlar dastlabki ko‘rib chiqiladi.

4. Buyruq asosida maxsus komissiya tuziladi, nomzodlar baholanadi va suhbat o‘tkaziladi; natijalar bayonnoma bilan tasdiqlanadi.

5. Yakuniy natijalar (reyting) e’lon qilinadi.

6. Hujjatlar keyingi bosqichga yuboriladi va hamkor tashkilot yakuniy qarorni qabul qiladi.

7. Tegishli buyruq rasmiylashtiriladi.

8. Safarga tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi.

9. Xorijiy akademik mobillik amalga oshiriladi.

10. Monitoring olib boriladi.

11. Qo‘qon universitetida seminar o‘tkaziladi va yakuniy hisobot tayyorlanadi.

12. O‘zlashtirilgan tajriba universitet faoliyatiga joriy etiladi.