+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Turizm va mehmondo‘stlik

Barcha yo‘nalishlar
Bakalavriat

Turizm va mehmondo‘stlik

60010100 3 yil O'zbek

Yo‘nalish haqida

Turizm va mehmondo‘stlik ta’lim yo‘nalishi turizm industriyasi, mehmonxona va restoran xo‘jaligi, sayyohlik xizmatlari, turistik mahsulotlarni ishlab chiqish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini samarali boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan dasturdir. Ta’lim jarayonida talabalar turizm nazariyasi va amaliyoti, iqtisodiyot nazariyasi, turizmda raqamli texnologiyalar, turizm va mehmondo‘stlikda standartlashtirish va sertifikatlashtirish, mehmonxona va restoran menejmenti, mintaqaviy turizm resurslari, turizm marketingi, turistik destinatsiyalarni boshqarish, xalqaro turizm, turizm innovatsiyalari, turizm iqtisodiyoti, turizmni rejalashtirish va siyosati, turizm mahsuloti hamda xalqaro turizm bozori kabi fanlarni o‘zlashtiradilar. Shuningdek, xorijiy tillarda kasbiy muloqot qilish, raqamli vositalardan foydalanish va mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Yo‘nalish bitiruvchilari turistik korxona va mehmonxonalarning faoliyatini rejalashtirish, turistik yo‘nalish va marshrutlarni ishlab chiqish, xizmatlar sifatini baholash, turistik mahsulotlarni shakllantirish va bozorga olib chiqish, mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish hamda marketing tadqiqotlarini amalga oshirish kompetensiyalariga ega bo‘ladilar. Ular mehmonxona, restoran va turizm tashkilotlarining moddiy, moliyaviy va inson resurslarini boshqarish, biznes-reja ishlab chiqish, yangi turistik loyihalarni amalga oshirish hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishga tayyorlanadi. Kasbiy faoliyat tashkiliy-boshqaruv, xizmat ko‘rsatish, axborot-tahliliy, ilmiy-tadqiqot va tadbirkorlik yo‘nalishlarini qamrab oladi.