+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Maktabgacha ta’lim

Barcha yo‘nalishlar
Bakalavriat

Maktabgacha ta’lim

60110200 3 yil O'zbek

Yo‘nalish haqida

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun malakali pedagog va uslubchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan dasturdir. Mazkur ta’lim yo‘nalishida talabalar ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi, bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi, bolalarning ijtimoiy moslashuvi, nutq o‘stirish metodikasi, bolalar jismoniy tarbiyasi, musiqiy ta’lim, tasviriy faoliyat, tabiat bilan tanishtirish, elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish, rivojlantiruvchi markazlarni tashkil etish, ta’limda baholash, maktabgacha ta’lim menejmenti, inklyuziv ta’lim va gospital pedagogika kabi fanlarni o‘zlashtiradilar. Shuningdek, bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga jalb etish, ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda tarbiyachining ish hujjatlarini yuritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi. Bitiruvchilar bolalarning yosh, individual, jismoniy, kognitiv, hissiy va ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish, mashg‘ulotlarning maqsad va natijalarini belgilash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, rivojlantiruvchi va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish kompetensiyalariga ega bo‘ladilar. Ular bolalarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik, muloqot, jamoada ishlash va hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, inklyuziv ta’limni tashkil etish hamda ota-onalar, psixologlar va boshqa mutaxassislar bilan samarali hamkorlik qilishga tayyorlanadi.