+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Boshlang‘ich ta’lim

Barcha yo‘nalishlar
Bakalavriat

Boshlang‘ich ta’lim

60110400 4 yil O'zbek

Yo‘nalish haqida

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari uchun zamonaviy pedagogik bilim, metodik tayyorgarlik va amaliy kompetensiyalarga ega bo‘lgan malakali o‘qituvchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan dasturdir. Ta’lim jarayonida talabalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tili, o‘qish savodxonligi, matematika, tabiiy fanlar, tarbiya, texnologiya va informatika fanlarini o‘qitishning nazariy hamda metodik asoslarini o‘zlashtiradilar. O‘quv rejasiga umumiy psixologiya, boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, boshlang‘ich matematika kursi nazariyasi, ona tili, bolalar adabiyoti, pedagogik mahorat, husnixat o‘qitish texnologiyasi, inklyuziv ta’lim va gospital pedagogika kabi fanlar kiritilgan. Shuningdek, xalqaro baholash dasturlari asosida o‘qitishni tashkil etish, mediasavodxonlik va axborot madaniyati bo‘yicha bilimlar ham shakllantiriladi. Kasbiy faoliyat pedagogik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy-boshqaruv yo‘nalishlarini qamrab oladi. Bitiruvchilar umumiy o‘rta va professional ta’lim tashkilotlarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, ta’lim muassasalarida kabinet mudiri yoki uslubiy faoliyat mutaxassisi sifatida ishlashlari mumkin. Tegishli kasbiy tajriba va standart talablari asosida ular ta’lim muassasalarini boshqarish, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda ma’naviyat va ma’rifat markazlarida faoliyat yuritish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.