Yo‘nalish haqida
Tarix ta’lim yo‘nalishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlari, O‘zbekiston va jahon xalqlari tarixi, tarixiy jarayonlarning sabablari va oqibatlari, milliy davlatchilik an’analari hamda moddiy va ma’naviy merosni ilmiy asosda o‘rganadigan malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan bakalavriat dasturdir. Yo‘nalish bitiruvchilari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida tarix fanlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish, o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlash va ta’lim jarayonini tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, ular ilmiy-tadqiqot institutlari, muzeylar, arxivlar, madaniy meros obyektlari, turizm tashkilotlari, davlat boshqaruvi organlari hamda ma’naviy-ma’rifiy muassasalarda faoliyat yuritishga tayyorlanadi. Kasbiy faoliyat pedagogik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-boshqaruv va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarni qamrab oladi. Bitiruvchilar maktab va professional ta’lim muassasalarida tarix fani o‘qituvchisi, muzey va arxivlarda ilmiy xodim, tarixiy manbalar bo‘yicha mutaxassis, ekskursovod, turizm sohasi xodimi, ilmiy tadqiqotchi hamda davlat va nodavlat tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish mutaxassisi sifatida ishlashlari mumkin. Mazkur ta’lim yo‘nalishi tarixga qiziquvchi, tahliliy va tanqidiy fikrlaydigan, milliy merosni asrash hamda uni kelajak avlodga yetkazishga intiladigan abituriyentlar uchun istiqbolli tanlovdir.
