+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Barcha yo‘nalishlar
Bakalavriat

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

60410500 4 yil O'zbek

Yo‘nalish haqida

Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo‘nalishi davlat va korporativ moliya tizimini boshqarish, moliyaviy resurslarni shakllantirish va samarali taqsimlash, moliya bozorlarida zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash hamda asoslangan moliyaviy qarorlar qabul qilishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan dasturdir. Ta’lim dasturi davlat moliyasi, davlat va mahalliy budjetlar, korporativ moliya, uy xo‘jaliklari moliyasi, g‘aznachilik, davlat xaridlari, moliyaviy nazorat, moliyaviy rejalashtirish, sug‘urta, investitsiyalar, xalqaro moliya, qimmatli qog‘ozlar bozori, moliyaviy risklarni boshqarish hamda zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni qamrab oladi. Talabalar moliya tizimida elektron to‘lovlar, raqamli pul o‘tkazmalari, elektron savdo, fond va valyuta birjalaridagi operatsiyalar, investitsion vositachilik hamda raqamli moliyaviy xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Yo‘nalish bitiruvchilari moliyaviy hisobotlarni tuzish va tahlil qilish, budjet mablag‘laridan foydalanishni rejalashtirish, pul oqimlarini boshqarish, moliyaviy risklarni baholash, investitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlash, korporativ moliyaviy strategiyalarni ishlab chiqish hamda raqamli moliyaviy xizmatlarni amaliyotga joriy etish kompetensiyalariga ega bo‘ladilar. Ular ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, tashkiliy-boshqaruv, axborot-tahliliy hamda tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkin. Bitiruvchilar iqtisodiyot va moliya organlari, banklar, sug‘urta kompaniyalari, budjet tashkilotlari, g‘aznachilik bo‘linmalari, soliq va bojxona organlari, investitsiya fondlari, fond birjalari, elektron to‘lov tizimlari, lizing va baholash tashkilotlari, moliyaviy texnologiyalar kompaniyalari hamda xususiy korxonalarda faoliyat yuritishlari mumkin. Ta’lim jarayonida tanishuv, ishlab chiqarish va bitiruvoldi amaliyotlarining tashkil etilishi nazariy bilimlarni real moliyaviy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.