+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Iqtisodiyot

Barcha yo‘nalishlar
Magistratura

Iqtisodiyot

70410102 2 yil O'zbek

Yo‘nalish haqida

Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi iqtisodiy jarayonlarni tizimli tahlil qila oladigan, korxona va tashkilotlar faoliyatini rejalashtirish, iqtisodiy samaradorlikni baholash, bozor sharoitida asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda zamonaviy iqtisodiy muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqishga qodir malakali iqtisodchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan dasturdir. Talabalar iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, moliya, kredit va sug‘urta muassasalari, davlat va mahalliy boshqaruv organlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda ta’lim muassasalari faoliyatini iqtisodiy jihatdan o‘rganadilar. Ta’lim dasturi korxonalarning iqtisodiy, moliyaviy, marketing, ishlab chiqarish va tahliliy faoliyatini samarali tashkil etish, ularning rivojlanish istiqbollarini belgilash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish masalalarini qamrab oladi. Yo‘nalish bitiruvchilari iqtisodiy va moliyaviy ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish, korxona faoliyatini rejalashtirish, moliyaviy va statistik hisobotlarni shakllantirish, biznes jarayonlarini modellashtirish, investitsiya loyihalari samaradorligini baholash, iqtisodiy prognozlar tuzish hamda rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish kompetensiyalariga ega bo‘ladilar. Ular ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-boshqaruv, axborot-tahliliy, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari mumkin. Bitiruvchilar davlat boshqaruvi organlari, banklar, moliya va sug‘urta tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, konsalting kompaniyalari, tahlil markazlari, investitsiya tashkilotlari, xususiy biznes subyektlari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida iqtisodchi, tahlilchi, rejalashtirish mutaxassisi, loyiha menejeri, moliyaviy maslahatchi va boshqa lavozimlarda faoliyat yuritishlari mumkin. Ta’lim jarayonida o‘quv-tanishuv, ishlab chiqarish va bitiruvoldi amaliyotlarining tashkil etilishi talabalarning nazariy bilimlarini real iqtisodiy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.