+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Talabalar turar joyi

Students Hostel

Qo‘qon universitetida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda va hudud zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.

Universitetning o‘z mablag‘lari hisobidan zamonaviy talablar bo‘yicha 2 ta 3 qavatli “Students Hostel”lar qurilib, talabalar ixtiyoriga topshirildi. Yigitlar va qizlar uchun mo‘ljallangan talabalar turar joylari 500 o‘rinli bo‘lib, barcha qulay shart-sharoitlarga ega.

Ikki o‘rinli xona
2Students Hostel binosi
3qavat
500o‘rin
4ijtimoiy zona
6mehmon xonasi

Sharoitlar

Yuqori tezlikdagi Wi-Fi

Butun bino bo‘ylab

4 ta ijtimoiy zona

Kompyuter vositalari bilan jihozlangan

“Ma’naviyat xonasi”

Barcha kerakli adabiyotlar bilan ta’minlangan

Yuvinish xonalari

Har bir qavatda 2 tadan, zamonaviy

Tibbiy xizmat

2 ta tibbiy xizmat xonasi

Oshxona

Talabalar uchun oshxona

Maishiy xonalar

Kiyim yuvish va dazmollash uchun

Mehmon xonalari

Xorijiy professor-o‘qituvchilar va mehmonlar uchun 6 ta xona

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashish maqsadida talabalar turar joylarida yuqori tezlikdagi Wi-Fi, kompyuter vositalari bilan jihozlangan 4 ta ijtimoiy zona, barcha kerakli adabiyotlar bilan ta’minlangan “Ma’naviyat xonasi” tashkil etildi.

“Students Hostel”larning har bir qavatida 2 tadan zamonaviy yuvinish xonalari mavjud. Talabalarga zarur sharoit va qulaylik yaratish maqsadida 2 ta tibbiy xizmat xonasi, oshxona va kiyimlarni yuvish va dazmollashga mo‘ljallangan boshqa maishiy xonalar bunyod etildi.

Shuningdek, binoda xorijdan kelgan professor-o‘qituvchilar va universitet mehmonlari uchun mehmonxona tipida barcha zamonaviy jihozlarga ega 6 ta xona mavjud. Bularning barchasi yosh avlodning munosib shart-sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Oshxona

Fotogalereya

Ikki o‘rinli xona
Ikki o‘rinli xona
Oshxona
Oshxona
Yuvinish xonasi
Yuvinish xonasi
Yashash xonasi
Yashash xonasi
Yashash xonasi
Yashash xonasi

Savollaringiz bormi?

Turar joyga joylashish tartibi bo‘yicha universitet bilan bog‘laning.

Bog‘lanish