20 noyabr — Qo‘qon universiteti dayjesti

Bugun, 20-noyabr kuni universitetimizda bo‘lib o‘tgan tadbir va musobaqalar dayjestini e’tiboringizga havola qilamiz.
Ingliz tilida “Zakovat ligasi”
Universitetimizda Ingliz tilida tashkil etilgan “Zakovat ligasi” intellektual musobaqasi o‘tkazildi. Unda xorijiy til yo‘nalishining 2–3-bosqich talabalari ishtirok etgan 32 ta jamoa bilimlarda bellashdi.
G‘oliblar quyidagicha:
1-o‘rin — XT-20-24
2-o‘rin — XTR-2-23
3-o‘rin — XT-10-24
Kibersport: PUBG turniri
Turizm va Iqtisodiyot fakulteti talabalari o‘rtasida tyutorlar tashabbusi bilan Kibersport – PUBG turniri o‘tkazildi. Turnirda 20 ta jamoa, har birida 4 nafardan ishtirokchi qatnashib, kuchli raqobat muhitida bellashdi.
G‘olib jamoa: “Lapar Team”
Ular umumiy 26 ball jamg‘arib, turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
“KU QUIZ” musobaqasi
Bugun shuningdek “KU QUIZ” intellektual musobaqasining 1-tur, 3-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar o‘z bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari bo‘yicha bellashdilar.
G‘olib — “Commanding” jamoasi
Typing musobaqasi
Bugun universitetimizda talabalarning tez va aniq yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Typing musobaqasi o‘tkazildi. Ishtirokchilar belgilangan vaqt ichida matnni eng tez va xatosiz terish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
G‘oliblar quyidagicha:
1-o‘rin — Meliboyev Abduazim
2-o‘rin — No‘monova Umida
3-o‘rin — Aliyev Xojiakbar
4-o‘rin — Sattoraliyev Jamshid







