+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

XALQARO DASTURLAR DOIRASIDA / DANIYA

Abdullah Bahromov 29.10.2026 21 marta ko'rilgan
XALQARO DASTURLAR DOIRASIDA / DANIYA

 Qo‘qon universiteti HR departamenti boshlig‘i Abdurahmon Abduhamidov Erasmus+ ICM dasturi doirasida Daniyaning Billund shahrida joylashgan mashhur “Lego House” markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif xalqaro haftalik doirasida Qo‘qon universiteti va Daniyaning IBA (International Business Academy) akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik asosida amalga oshirilmoqda. Dastur davomida innovatsion boshqaruv yondashuvlari, korporativ madaniyat va ijodiy muhitni tashkil etish bo‘yicha xalqaro tajribalar o‘rganilmoqda.

Shuningdek, Qo‘qon universiteti talabalari uchun Daniyaning Kolding shahridagi IBA akademiyasida bir semestr davomida tahsil olish imkoniyati ham mavjud.

Dastur doirasida tanlov shartlariga muvofiq oylik 1 000 yevro stipendiya hamda aviabilet, viza va asosiy xarajatlarni qoplash ko‘zda tutilgan.

 Arizalar qabuli: 30-oktabrgacha.
 Murojaat uchun: Qo‘qon universiteti, D bino, 205-xona — Xalqaro hamkorlik departamenti.

photo_2026-10-29_18-43-24.jpg

photo_2026-10-29_18-43-29.jpg

photo_2026-10-29_18-43-33.jpg

photo_2026-10-29_18-43-40.jpg

photo_2026-10-29_18-43-37.jpg

#yangiliklar