2025-yilning 25–26-sentabr kunlari Qo‘qon universitetida mustaqil izlanuvchilar ilmiy faoliyatining muhim bosqichi – dissertatsiya ishlarining kafedra muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

2025-yilning 25–26-sentabr kunlari Qo‘qon universitetida mustaqil izlanuvchilar ilmiy faoliyatining muhim bosqichi – dissertatsiya ishlarining kafedra muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kunlarda quyidagi izlanuvchilar o‘z ilmiy tadqiqotlari yuzasidan dissertatsiya himoyasiga tayyorgarlik bosqichining muhokama jarayonida ishtirok etdilar:
Xoshimova Nargis Abdullayevna – 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Muloqot jarayonida gender nutqi tadqiqi (o‘zbek, rus va ingliz tillari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi;
Tangatarova Sohibjamol Abdullayevna – 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “O‘zbek tili o‘qitishda gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (ta’lim rus tilida olib boriladigan sinflar misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi;
Murodova Shaxnoza Choriyevna – 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Ingliz va o‘zbek tillaridagi qishloq xo‘jaligi terminologiyasining leksik-semantik xususiyatlari va tarjima muammolari” (o‘simlikshunoslik materiali asosida) mavzusidagi dissertatsiya ishi.
Muhokama jarayonida izlanuvchilarning ilmiy izlanishlari, tadqiqot metodlari, natijalarning amaliy ahamiyati va ilmiy yangiligi atroflicha ko‘rib chiqildi. Soha mutaxassislari va professor-o‘qituvchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida izlanuvchilarga taklif va tavsiyalar berildi.
Mazkur muhokamalar Qo‘qon universiteti mustaqil izlanuvchilarining ilmiy salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy ilmiy izlanishlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim bosqich bo‘ldi.






