Qo‘qon universitetida xalqaro akademik almashinuv doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon universitetiga Qozog‘iston Respublikasi Ablayxon nomidagi Qozoq xalqaro munosabatlar va jahon tillari universitetidan PhD, dotsent Xayrullayeva Venera Xibadullayevna akademik almashinuv dasturi doirasida tashrif buyurdi.
Tashrif davomida xorijiy professor-o‘qituvchi hamda Qo‘qon universiteti Raqamli texnologiyalar va matematika kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘rtasida yuqori darajadagi professional aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, tomonlar kelgusida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar tayyorlash hamda akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Hafta davomida Venera Xibadullayevna Turizm va iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun dual ma’ruzalar hamda o‘quv mashg‘ulotlarini olib bordi.






