+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universitetida hamkorlik memorandumi imzolandi

Otabek Mamajonov 04.11.2025 292 marta ko'rilgan
Qo‘qon universitetida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun Qo‘qon universiteti va NTM “Kokand Leader School” MCHJ o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash hamda dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” va “Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi. Hamkorlik doirasida kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, malaka oshirish hamda stajirovkalarni tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi. Memorandumni Qo‘qon universiteti direktori G‘afurjon Zaxidov va “Kokand Leader School” MCHJ rahbari Doston Siddikov imzoladi.

photo_2025-11-04_17-55-38.jpg

photo_2025-11-04_17-55-39.jpg

photo_2025-11-04_17-55-41.jpg

#yangiliklar