+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Davlat granti tanloviga arizalar qabuli boshlandi

Abdullah Bahromov 11.10.2026 6 marta ko'rilgan
Davlat granti tanloviga arizalar qabuli boshlandi

 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari, shu jumladan, Qo‘qon universiteti talabalari uchun davlat granti tanloviga arizalar qabuli boshlandi.

Arizalar 2026-yil 10-oktabrdan 17-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Ariza topshirish uchun havola: https://my.uzbmb.uz

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
2026/2027-o’quv yilida Qo‘qon universiteti bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining 1-kurs kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar.

Talabalar tegishli ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha saralash test sinovida ishtirok etadi.

Test sinovlari — Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

Muhim! Tanlov natijasida davlat grantiga tavsiya etilgan talabalarga grant butun o‘qish davri uchun ajratiladi. Bunda grant olgan talabalar o‘qishni tamomlagach, belgilangan tartibda davlat yoki davlat ulushi mavjud tashkilotlarda kamida 3 yil ishlab berish majburiyatini oladi.

Bog‘lanish uchun:

 +(998) 73 545-55-55
 +(998) 73 545-44-44

photo_2026-10-12_18-12-59.jpg

#yangiliklar