
#Imtihon-2025 | #Abituriyent-2025
🏫 QO'QON UNIVERSITETI BAKALAVRIATIGA HUJJAT TOPSHIRGAN ABITURIYENTLARGA MUHIM E’LON!
🗓 2025-yilning 3-avgsutga qadar www.qabul.kokanduni.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun kirish imtihoni 6-7-avgust kunlari universitet hududida (offline) tarzda o‘tkaziladi.
📍 Imtihon 6 ta smenada tashkil etiladi.
📞 Har bir abituriyentga o‘ziga tegishli smena va imtihon vaqti telefon orqali operator tomonidan shaxsiy ravishda xabar qilinadi.
❗️ Iltimos, ko‘rsatilgan sana va vaqtga qat’iy rioya qiling hamda telefon aloqasini doimiy faol holatda ushlab turing.
🔵 Ma’lum bir sabablarga ko‘ra 1-bosqich kirish imtihonlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlar 2-bosqichda kelib imtihon topshirishlari mumkin.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
- Pasport yoki (ID karta)
- Shahodatnoma yoki diplom (ilovasi bilan)
🔎Savollar bo‘lsa, Universitet Qabul komissiyasining rasmiy telefon raqamlariga murojaat qiling.
📌Manzil - Qo‘qon shahar, Turkiston ko‘chasi 30-uy, Axborot-kutubxona markazi
💻 2025/2026-o‘quv yili uchun ro’yxatdan o’tish - qabul.kokanduni.uz
📞 Axborot-maslahat markazi
+998735455555 | +998735454444



