ERASMUS+ KA171: KIPRDA AKADEMIK MOBILLIK UCHUN TANLOV!

Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari diqqatiga!
2026–2027-o‘quv yilining bahorgi semestrida CIM – Cyprus Business School (Nikosiya, Kiprda 7 kunlik akademik mobillik dasturida ishtirok etish uchun tanlov e’lon qilinadi.
Mavjud o‘rinlar:
Teaching Mobility — 1 nafar professor-o‘qituvchi;
Training Mobility — 2 nafar professor-o‘qituvchi.
Asosiy talablar:
Qo‘qon universiteti bilan amaldagi mehnat shartnomasi;
kamida B2 darajadagi chet tili bilimi;
so‘nggi bir yil davomida jiddiy intizomiy jazo olmaganlik;
so‘nggi KPI natijasi qoniqarli yoki undan yuqori bo‘lishi.
Hujjatlar: ariza, CV, chet tili sertifikati, motivatsion xat, tavsiyanoma, ilmiy ishlar ro‘yxati, KPI natijalari va boshqa talab etilgan hujjatlar.
Hujjat topshirish muddati: 2026-yil 20-noyabr.
Manzil: Qo‘qon universiteti, Xalqaro hamkorlik departamenti.
Aloqa uchun:
u.mamadaliev@kokanduni.uz
shsaidov@kokanduni.uz
Xalqaro tajriba orttirish va kasbiy rivojlanish imkoniyatidan foydalaning!




