+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

ERASMUS+ KA171: POLSHADA AKADEMIK MOBILLIK UCHUN TANLOV!

Abdullah Bahromov 27.10.2026 14 marta ko'rilgan
ERASMUS+ KA171: POLSHADA AKADEMIK MOBILLIK UCHUN TANLOV!

 Qo‘qon universiteti va Opole University of Technology (Polsha) hamkorligida Erasmus+ KA171 dasturi doirasida akademik mobillik uchun tanlov e’lon qilinadi.

Mobillik imkoniyati:
O‘rinlar soni: 1 nafar professor-o‘qituvchi
Davomiyligi: 5 kun
Mobillik turi: Teaching Mobility (STA)
Talab: kamida 8 soat dars berish
Ustuvor yo‘nalish: muhandislik va muhandislik texnologiyalari
Tavsiya etilgan ingliz tili darajasi: B2

Asosiy talablar: universitet bilan amaldagi mehnat shartnomasi, jiddiy intizomiy jazo mavjud emasligi, qoniqarli KPI natijasi va tegishli til bilimi.
Kerakli hujjatlar: ariza, CV, til bilimi tasdig‘i, ilmiy ishlar ro‘yxati, KPI ko‘chirmasi, kafedra/fakultet tavsiyanomasi va boshqa talab etilgan hujjatlar.
Hujjat topshirish muddati: 2026-yil 30-noyabr.
Hujjat topshirish: Qo‘qon universiteti, Xalqaro hamkorlik departamenti. Hujjatlar elektron va qog‘oz shaklda taqdim etiladi.

Murojaat uchun:
u.mamadaliyev@kokanduni.uz
shsaidov@kokanduni.uz

photo_2026-10-27_17-40-56.jpg

#yangiliklar