+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

ERASMUS+ KA171: KIPRDA AKADEMIK MOBILLIK UCHUN TANLOV!

Abdullah Bahromov 27.10.2026 11 marta ko'rilgan
ERASMUS+ KA171: KIPRDA AKADEMIK MOBILLIK UCHUN TANLOV!

 Qo‘qon universiteti hamda CIM – Cyprus Business School (Nikosiya, Kipr) hamkorligida Erasmus+ KA171 dasturi doirasida xalqaro akademik mobillik tanlovi e’lon qilinadi.

Mavjud o‘rinlar:
Talabalar: 1 nafar — 1 semestr (2027–2028-o‘quv yili, kuzgi semestr).
Professor-o‘qituvchilar: 1 nafar — Teaching Mobility (7 kun).
Professor-o‘qituvchilar: 2 nafar — Training Mobility (7 kun).

Ustuvor yo‘nalishlar: buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish, moliya, bank va sug‘urta, menejment va boshqaruv, marketing va reklama.
Talabalar uchun asosiy talablar:
Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat yoki magistratura talabasi bo‘lish;
GPA kamida 3.00/4.00;
Ingliz tilini kamida B2 darajada bilish;
Bitiruvchi kursda bo‘lmaslik va boshqa belgilangan talablarga javob berish.
Hujjat topshirish muddati: 2026-yil 10-noyabr.
Manzil: Qo‘qon universiteti, Xalqaro hamkorlik departamenti.
Murojaat uchun:
u.mamadaliev@kokanduni.uz
shsaidov@kokanduni.uz

 Xalqaro ta’lim va kasbiy rivojlanish imkoniyatidan foydalaning!


photo_2026-10-27_16-31-39.jpg

#yangiliklar