Qo‘qon universitetida yana bir ilmiy yutuq: PhD darajasi qo‘lga kiritildi

Qo'qon universiteti Akademik ishlar departamenti boshlig'i Rasulov Xamidjon Yakubovich O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 2026-yil 10-aprel kuni bo'lib o'tgan 384/1-sonli rayosati qaroriga ko'ra iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga sazovor bo'ldi.
Qo‘qon universiteti jamoasi Xamidjon Rasulovni ushbu katta yutuq bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.




