+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Otabek Mamajonov 26.03.2026 118 marta ko'rilgan
Hamkorlik memorandumi imzolandi

  Farg‘ona viloyati IIB Axborot Texnologiyalari Sohasidagi Jinoyatlarga Qarshi Kurash boshqarmasi hamda Qo‘qon universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 Mazkur memorandum “Kompyuter injiniringi” va “Kiberxavfsizlik injiniringi” yo‘nalishlari talabalarining amaliyotini tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish hamda malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan.

 Hamkorlik doirasida talabalar amaliyot o‘tashi, seminar va treninglarda ishtirok etishi, shuningdek, axborot xavfsizligi hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishlarida tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 Shu munosabat bilan bugun boshqarma vakillari Qo‘qon universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar universitetning IT akademiyasi va robototexnika laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, sohadagi zamonaviy tendensiyalar, kiberxavfsizlik masalalari hamda yosh mutaxassislar oldida turgan dolzarb vazifalar haqida fikr almashildi.

photo_2026-03-26_15-16-03.jpgphoto_2026-03-26_15-16-23.jpgphoto_2026-03-26_15-16-31.jpgphoto_2026-03-26_15-16-13.jpg

#yangiliklar