“TARIXCHILAR MULOQOTI”
Otabek Mamajonov 25.03.2026 100 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetida Tarix yo‘nalishi talabalari uchun navbatdagi dars mashg‘uloti doirasida “Tarixchilar muloqoti” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi katta ilmiy xodimi Muhammad Yahyoxon Dadaboyev ishtirok etib, talabalarga tarix ilmining dolzarb masalalari, muzey faoliyatining o‘ziga xos jihatlari hamda tarixiy merosni asrash va targ‘ib etish yo‘nalishidagi amaliy tajribalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan atroflicha javob oldilar. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, ishtirokchilar uchun foydali bilim va taassurotlarga boy bo‘ldi.



#yangiliklar



