Hult Prize Uzbekistan 2026

5-may kuni Toshkent shahridagi Westminster International University in Tashkent’da (WIUT) bo‘lib o‘tayotgan Hult Prize Uzbekistan 2026 Respublika bosqichida Qo‘qon universiteti jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Xalqaro miqyosda tashkil etilgan ushbu milliy bosqichda respublika bo‘ylab 50 ga yaqin eng sara innovatsion startap loyihalar ishtirok etdi. Kuchli raqobat va yuqori darajadagi baholash jarayonlari natijasida Qo‘qon universiteti jamoasi mamlakatning ENG KUCHLI 10 jamoalar qatoridan joy oldi!
Talabalar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha innovatsion yondashuvi, ijtimoiy ahamiyati va global muammolarga amaliy yechim taklif qilgani bilan hakamlar va ishtirokchilar e’tiborini tortdi.
Qo‘qon universiteti jamoasini ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz va keyingi bosqichlarda ham ularga ulkan muvaffaqiyat tilaymiz!






