+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

INNOWEEK–2026: QO‘QON UNIVERSITETI JAMOASI XALQARO INNOVATSIYALAR HAFTALIGIDA

Abdullah Bahromov 29.10.2026 35 marta ko'rilgan
INNOWEEK–2026: QO‘QON UNIVERSITETI JAMOASI XALQARO INNOVATSIYALAR HAFTALIGIDA

 Toshkent shahridagi CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar majmuasida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori ostida tashkil etilgan InnoWeek–2026 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z yakuniga yetmoqda.
Dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan innovatorlar, olimlar, investorlar, tadbirkorlar hamda texnologiya sohasi vakillarini birlashtirgan mazkur xalqaro tadbirda Qo‘qon universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Haftalik doirasida dronlar, robototexnika ishlanmalari, sun’iy intellekt texnologiyalari va istiqbolli startap loyihalari namoyish etildi. Zamonaviy texnologik yechimlar, robotlashtirilgan tizimlar hamda kundalik hayotdagi muammolarga innovatsion yondashuvlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

InnoWeek–2026 yangi g‘oyalar bilan tanishish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘ldi. Qo‘qon universiteti jamoasining mazkur haftalikdagi ishtiroki innovatsion rivojlanish yo‘nalishidagi tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

photo_2026-10-29_18-23-10.jpg

photo_2026-10-29_18-23-14.jpg

photo_2026-10-29_18-23-17.jpg

photo_2026-10-29_18-23-22.jpg

#yangiliklar