+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

INNOWEEK–2026: QO‘QON UNIVERSITETI INNOVATSION ISHLANMALARI XALQARO KO‘RGAZMADA

Abdullah Bahromov 27.10.2026 11 marta ko'rilgan
INNOWEEK–2026: QO‘QON UNIVERSITETI INNOVATSION ISHLANMALARI XALQARO KO‘RGAZMADA

 Toshkent shahridagi Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) xalqaro ko‘rgazmalar majmuasida “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z faoliyatini boshladi.

“O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori ostida 27–29-oktabr kunlari o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro tadbir ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalari vakillari, tadqiqotchilar, ixtirochilar, startap tashabbuskorlari, investorlar hamda xalqaro ekspertlar o‘rtasida tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Haftalikda Qo‘qon universiteti jamoasi ham o‘zining innovatsion ishlanmalari, dronlar, robototexnika namunalari, ilmiy-amaliy loyihalari va istiqbolli texnologik yechimlari bilan ishtirok etmoqda. Universitet uchun ajratilgan maxsus pavilyonda ilmiy izlanishlar natijalari, innovatsion loyihalar va amaliy ishlanmalar namoyish etilmoqda.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov Qo‘qon universiteti pavilyoniga tashrif buyurib, universitet jamoasi tomonidan taqdim etilgan ishlanmalar va loyihalar bilan tanishdi.


photo_2026-10-27_16-35-42.jpg

photo_2026-10-27_16-35-46.jpg

photo_2026-10-27_16-35-50.jpg

photo_2026-10-27_16-35-54.jpg

#yangiliklar