XALQARO AKADEMIK MOBILLIK DASTURI — DANIYA

Qo‘qon universiteti talabalari uchun **International Business Academy (IBA)**da 2027-yil bahorgi semestrida bir semestr tahsil olish imkoniyati!
Mobillik shartlari:
Davomiyligi: 1 semestr
Akademik yuklama: 30 ECTS
Kvota: 1 nafar talaba
Yo‘nalishlar: International Sales and Marketing, Marketing Management, Multimedia Design (AI).
Talablar: GPA kamida 3.0/4.5, ingliz tilini bilish, akademik qarzdorlik va intizomiy jazo mavjud emasligi hamda fakultet dekani tavsiyanomasi.
Hujjatlar: xorijiy pasport nusxasi, ariza, CV, motivatsion xat, akademik transkript, ingliz tili sertifikati va dekan tavsiyanomasi.
Tanlov: GPA, ingliz tili darajasi, motivatsion xat, suhbat va talabalik faolligi asosida.
Arizalar qabuli: 2026-yil 10-noyabrgacha.
Hujjat topshirish: D bino, 205-xona — Xalqaro hamkorlik departamenti. Hujjatlar offline shaklda qabul qilinadi.
Xalqaro tajriba orttirish va bilimlaringizni rivojlantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
https://www.kokanduni.uz/uz/international-cooperation-relations/announcements/31
Joylar soni cheklangan — atigi 1 nafar talaba!



