Xalqaro konferensiya / Turkiya
Otabek Mamajonov 12.06.2026 102 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetidan
xalqaro ilmiy forumda ishtirok etish uchun Turizm va iqtisodiyot fakulteti dekani Jasurbek Turg’unov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Respublikasining Erzurum shahriga yetib borishdi.
2025–2026 yillarni qamrab oluvchi uch bosqichli qo‘shma loyiha doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Zamonaviy Ipak yo‘li bo‘ylab turkiy davlatlarning integratsiya jarayonlari: muammolar va istiqbollar" mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ikkinchi bosqichi o‘z ishini boshlamoqda.
Anjuman uch bosqichda tashkil etilib, unda turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik, integratsiya jarayonlari, zamonaviy Ipak yo‘lining rivojlanish istiqbollari yuzasidan ilmiy muhokamalar olib boriladi.




#yangiliklar



