+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Jadidlarning milliy pedagogika rivojiga qo‘shgan hissasi

Otabek Mamajonov 27.03.2026 142 marta ko'rilgan
Jadidlarning milliy pedagogika rivojiga qo‘shgan hissasi

Qo‘qon universitetida “Jadidlarning milliy pedagogika rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan ilmiy tadbirlar rejasiga muvofiq tashkil etildi.

Tadbir davomida jadid mutafakkirlarining pedagogik qarashlari, ta’lim-tarbiya sohasidagi ilg‘or g‘oyalari hamda ularning zamonaviy ta’lim tizimiga ta’siri chuqur ilmiy tahlil qilindi.

 Konferensiya sho‘balari:

  1. Jadidlarning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari va pedagogik merosi
  2. Jadidlar g‘oyalarining zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati va dolzarbligi
  3. Milliy pedagogika rivojida tarixiy meros va zamonaviy yondashuvlar integratsiyasi

Konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkazildi. Tadbir doirasida ilmiy maqolalar va tezislar muhokama qilinib, ishtirokchilar o‘rtasida erkin fikr almashinuvi tashkil etildi.

7.jpg

 

9.jpg6.jpg

#yangiliklar