+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

"Kelajak muhandislari": Robo Sumo musobaqasi

Otabek Mamajonov 30.04.2026 126 marta ko'rilgan
"Kelajak muhandislari": Robo Sumo musobaqasi

"Alpomish" muz saroyida robototexnika muhandisligi yo‘nalishidagi musobaqalardan biri — “Robo Sumo” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 101 nafar yosh muhandislar ichida Qo'qon universitetining 4 nafar ishtirokchilari ham o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyon etib, innovatsion yondashuvlari bilan bellashmoqda. Bugungi musobaqa natijalariga ko'ra RoboSumo jamoasi final bosqichiga yo'l oldi.

“Robo Sumo” — bu ikki to‘liq avtonom robot o‘rtasida maxsus dumaloq ringda o‘tkaziladigan bahs bo‘lib, unda asosiy maqsad raqib robotni ringdan chiqarib yuborish yoki uni harakatsiz holatga keltirishdan iborat.

Mazkur yo‘nalish ishtirokchilardan strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va puxta muhandislik yondashuvni talab etadi. Har bir robot oldindan ishlab chiqilgan dastur asosida mustaqil harakat qiladi va jang davomida inson aralashuvisiz bellashadi.

photo_2026-04-30_15-22-21.jpg

photo_2026-04-30_15-21-40.jpgphoto_2026-04-30_15-22-26.jpg

#yangiliklar