“Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

“Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi Qo‘qon universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv talabalarning kelajakdagi faoliyati, bandligi va kasbiy yo‘nalishini aniqlashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda zarur amaliy maslahatlar berish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda universitet rahbariyati, soha mutaxassislari va bitiruvchi talabalar ishtirok etib, o‘zaro fikr almashdilar. Mutaxassislar tomonidan mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar, kasbiy rivojlanish yo‘llari va amaliy tavsiyalar haqida ma’lumotlar berildi. Ochiq muloqot bitiruvchilar uchun katta ahamiyat kasb etib, ularning kasbiy yo‘nalishini belgilashda muhim omil bo‘ldi.



