Kibersport musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi
Otabek Mamajonov 22.04.2026 88 marta ko'rilgan

Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/kokanduniversity/15618)Qo‘qon universitetida kibersport musobaqalari tashkil etilgan edi. Bugun mazkur musobaqaning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa Qo‘qon shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilari hamda yoshlar o‘rtasida o‘tkazilib, unda ishtirokchilar o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslarda bellashdilar.
Mazkur kibersport musobaqasi yoshlarning zamonaviy yo‘nalishlarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyati, jamoaviy ishlash va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
#yangiliklar






