+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universiteti “Yosh Ekofaollar Forumi”ga mezbonlik qildi

Otabek Mamajonov 28.11.2025 257 marta ko'rilgan
Qo‘qon universiteti “Yosh Ekofaollar Forumi”ga mezbonlik qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-184-sonli qarori — “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida, 27-noyabr kuni Qo‘qon shahrida O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan “Yashil taraqqiyot uchun birlashamiz” shiori ostida “Yosh Ekofaollar Forumi” tashkil etildi.

 Ushbu nufuzli tadbirga Qo‘qon universiteti mezbonlik qildi. Forum doirasida ekologik madaniyatni oshirish, yoshlar o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish g‘oyalarini keng targ‘ib etish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini ilgari surish bo‘yicha qator ma’ruzalar, muhokamalar va interfaol sessiyalar o‘tkazildi.

🇺🇿 Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari, soha ekspertlari, yosh ekolog faollar va universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Forum davomida yoshlarning ekologik tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi, hududda barqaror atrof-muhitni shakllantirishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslar taqdim etildi.

🇺🇿 Qo‘qon universiteti jamoasi ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, yurtimizda ekologik madaniyatni yuksaltirish, yoshlarda tabiatga mehr va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish yo‘lidagi ishlarga o‘z  hissasini qo‘shishda davom etadi.

photo_2025-11-28_09-33-57.jpg

photo_2025-11-28_09-33-47.jpg

photo_2025-11-28_09-33-44.jpg

photo_2025-11-28_09-33-40.jpg

photo_2025-11-28_09-33-38.jpg

#yangiliklar