“Kuzgi mavsum” futbol musobaqasiga start berildi
Otabek Mamajonov 07.10.2025 175 marta ko'rilgan

“Kuzgi mavsum” futbol musobaqasiga start berildi
Qo‘qon universitetida Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan sportni targ‘ib qilish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida futbol bo‘yicha “Qo‘qon universiteti Kuzgi mavsumi” musobaqasiga start berildi.
Musobaqaning dastlabki uchrashuvida “Comeback” va “FC Wolves” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Qizg‘in ruhda kechgan bellashuvda “Comeback” jamoasi 7:3 hisobida g‘alaba qozonib, turnir jadvalida yetakchilikni qo‘lga oldi.




#yangiliklar



