"Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’lim vazirligining 2025-yil 2-oktyabrdagi 382-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida Qo‘qon universitetida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida o‘tkazilib, talabalarning badiiy savodxonligini oshirish, ularni ma’naviy barkamol shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qildi.
Uchrashuvning faxrli mehmonlari — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli ijodkorlar Zulfiya Mominova hamda Oygul Mamarayimova bo‘ldilar.
Tadbir davomida ijodkorlar o‘zlarining hayot yo‘li, ijodiy izlanishlari, adabiyotning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida talabalarga samimiy fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ular tomonidan she’rlar o‘qildi, badiiy nutqning nafosati va so‘z sehri talabalarga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan mazmunli suhbat, savol-javoblar va ijodiy chiqishlar talabalarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Uchrashuv samimiy kayfiyatda o‘tib, talabalar uchun esda qolarli adabiy-ma’rifiy lahzalarga boy bo‘ldi.
Tadbir jarayonidan tayyorlangan fotoalbomni e'tiboringizga havola qilamiz







