XALQARO ALOQALAR / Qirg’iziston

Qo‘qon universiteti Jahon tillari va filologiya fakulteti O‘zbek va rus filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamkorlik shartnomasi doirasida O‘sh davlat universitetida xizmat safarida bo‘ldilar.
Tashrif davomida xalqaro ilmiy seminarda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar talabalarga o‘zbek tili, adabiyoti, milliy qadriyatlar hamda turkiy tillarning o‘zaro aloqalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar o‘qib, ilmiy muloqot olib bordilar.
Shuningdek, professor-o’qituvchilarimiz o‘zbek va qirg‘iz tillariga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tashkil etilgan badiiy-musiqiy tadbirda ishtirok etdi.






