O'zbek tili va Adabiyoti haftaligi / “Birgalikda o‘qiymiz” loyihasi
Otabek Mamajonov 20.05.2026 58 marta ko'rilgan

Qo'qon universitetida “Birgalikda o‘qiymiz” loyihasi doirasida yozuvchi Xayriddin Sultonning davr bestelleriga aylanib borayotgan “Yaldo kechasi” asaridan parchalar mutolaa qilinib, asar yuzasidan qiziqarli fikr-mulohazalar almashildi.
Davrada ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zeboxon Qobilova hamda AKM rahbari Zafarjon Ro‘zmatovlarning ham ishtirok etib mutolaa qilishgani talaba yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Navbatdagi mutolaa uchun yangi asar ham birgalikda belgilab olindi.



#yangiliklar



