+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Tabriklaymiz! / Talabalarimiz yutuqlari

Otabek Mamajonov 22.05.2026 50 marta ko'rilgan
Tabriklaymiz! / Talabalarimiz yutuqlari

  “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichida Qo‘qon universiteti MP-1-24-guruh talabasi Zokirova Fozilaxon g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Talabamiz o‘zining “Mehrli qadam” deb nomlangan, autizmli bolalar uchun ijtimoiy va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion platformasi bilan hakamlar hay’atining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Platforma dasturchisi — Farxodjon Olimov, Kompyuter injeneringi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi bo‘lib, mazkur innovatsion loyiha platformasini ishlab chiqishda o‘z hissasini qo‘shdi.

Universitet jamoasi nomidan talabamiz Zokirova Fozilaxonni “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichida erishgan g‘olibligi bilan samimiy tabriklaymiz!

“Mehrli qadam” innovatsion platformasi orqali ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha yaratgan talabamizga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.
photo_2026-06-01_14-15-41.jpg
photo_2026-06-01_14-15-44.jpg
photo_2026-06-01_14-15-48.jpg
photo_2026-06-01_14-15-53.jpg
#yangiliklar