+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

ORHUN DASTURI AMALDA

Otabek Mamajonov 15.04.2026 110 marta ko'rilgan
ORHUN DASTURI AMALDA

  Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilarining xalqaro hamkorlik doirasidagi navbatdagi tashrifi Ozarbayjonda davom etmoqda.

  Xususan, Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulhon Melibayeva ORHUN dasturi asosida Baku Davlat Iqtisodiyot universiteti huzuridagi Biznes maktabiga tashrif buyurdi.

  Tashrif doirasida Biznes maktab dekani Dr. Nazimbey Haciyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ta’lim va ilmiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

photo_2026-04-16_14-31-19.jpgphoto_2026-04-16_14-31-26.jpg

 

#yangiliklar