Qo‘qon shahrida xalqaro pedagogik simpozium bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon shahrida xalqaro pedagogik simpozium bo‘lib o‘tdi
Bugun Qo‘qon shahrida “O‘quvchilarni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning individual va differensial texnologiyalari” mavzusida xalqaro pedagogik simpozium bo‘lib o‘tdi. Mazkur simpoziumda Qo‘qon universiteti nomidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zeboxon Qobilova o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarda milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, shuningdek, tarbiya jarayonida individual va differensial yondashuvlarning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Simpozium xalqaro miqyosda ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb platforma bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.







