+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universiteti professori Ozarbayjonda grant loyihasi doirasida uchrashuvlarda qatnashdi

Otabek Mamajonov 07.08.2025 245 marta ko'rilgan
Qo‘qon universiteti professori Ozarbayjonda grant loyihasi doirasida uchrashuvlarda qatnashdi

Qo‘qon universiteti professori Ozarbayjonda grant loyihasi doirasida uchrashuvlarda qatnashdi

Qo‘qon universiteti Raqamli texnologiyalar va matematika kafedrasi professori Xurshidaxon Ustadjalilova grant loyihasi doirasidagi ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan Ozarbayjon Respublikasining Boku shahriga tashrif buyurdi.

2025-yil 6-iyul kuni professor Xurshidaxon Ustadjalilova Ozarbayjon davlat iqtisod universiteti (UNEC)da bo‘lib, universitetning Strategik rivojlanish bo‘limi boshlig‘i Dr. Bahlul Parvizovich Aliyev hamda Tadqiqot markazlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassisi Dr. Ismoilova Melek bilan uchrashuvda ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvda Qo‘qon universiteti va UNEC o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xususan, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ilmiy va o‘quv-uslubiy faoliyatlarni faollashtirish, ilmiy maqolalar, monografiyalar chop etish, xalqaro grantlarda qo‘shma ishtirok etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tashrif doirasida Ozarbayjon Jahon tillari universitetida Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, professor Zeynal Jafarov, bosh mutaxassis va koordinator Orxun Shafagat Kazimovalar bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

#yangiliklar