+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universiteti professori Sankt Peterburg shahridagi xalqaro konferensiyada

Otabek Mamajonov 20.11.2025 152 marta ko'rilgan
Qo‘qon universiteti professori Sankt Peterburg shahridagi xalqaro konferensiyada

2025-yil 18-22noyabr kunlari A. I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida «XXI asr menejmenti: iqtisodiyot, ta’lim va fanda integratsiya» nomli XXIV Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Qo‘qon universiteti Raqamli texnologiyalar va matematika kafedrasi dotsenti Ustadjalilova Xurshida Aliyevna Qo‘qon universiteti nomidan ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, 18-22-noyabr kunlari qisqa muddatli akademik almashinuv dasturi ham amalga oshiriladi.

Konferensiya menejment, iqtisodiyot, ta'lim va ijtimoiy sohadagi zamonaviy muammolarni tahlil qilish, innovatsion yechimlar va strategiyalar ishlab chiqishga qaratilgan. Ushbu ishtirok xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va raqamli ta'lim bo'yicha ilmiy asoslangan yechimlarni ilgari surishga xizmat qiladi.

Bugun Qo'qon universiteti vakili mezbon universitetning Geografiya fakulteti jamoasi bilan uchrashi. Uchrashuvda kelgusida o'quv amaliyotida talabalar almashinuvi, Farg'ona viloyatining atlasini ikki tilda ishlab chiqish, o'quv adabiyotlar yaratish, ilmiy tadqiqot faoliyatida hamkorlik qilish masalalari bo'yicha muhokamalar bo'lib o'tdi.

photo_2025-11-20_10-40-43.jpg

photo_2025-11-20_10-40-36.jpg

photo_2025-11-20_10-40-39.jpg

photo_2025-11-20_10-40-48.jpg

#yangiliklar