+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo'qon universiteti va Janubiy Koreyaning Chodang universiteti o‘rtasida o'zaro memorandumi imzolandi

Otabek Mamajonov 06.05.2026 100 marta ko'rilgan
Qo'qon universiteti va Janubiy Koreyaning Chodang universiteti o‘rtasida o'zaro memorandumi imzolandi

 Qo‘qon universitetida xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadam tashlandi. Universitet hamdaa  Janubiy Koreyaning Chodang universiteti o‘rtasido‘zaro anglashuv memorandumi (Memorandum of Understanding) imzolandi.

Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlar belgilandi:
— professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi;
— qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va natijalarni nashr etish;
— akademik ma’lumotlar, adabiyotlar va nashrlar almashinuvi;
— ilmiy markazlar va laboratoriyalar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish;
— ma’muriy va ilmiy xodimlar tajriba almashinuvi.

photo_2026-05-06_15-25-22.jpg

photo_2026-05-06_15-25-32.jpg

photo_2026-05-06_15-25-28.jpg

photo_2026-05-06_15-25-36.jpg

#yangiliklar