Qo‘qon universiteti vakillari Polshada
Otabek Mamajonov 22.05.2026 90 marta ko'rilgan

Erasmus+ dasturining “GreenCamUz – Green Campus Initiative: Integrating Sustainability into Higher Education in Uzbekistan” loyihasi doirasidagi uchrashuvlar munozaralarga boy va samarali tarzda o‘tmoqda.
Mazkur uchrashuv davomida Qo‘qon universiteti vakillari tomonidan “Procedures and Regulations Developing Curricula and Syllabus” mavzusida taqdimot qilindi.
Taqdimot davomida:
syllabus va o‘quv rejalarga qo‘yilgan zamonaviy talablar;
talabalar syllabus orqali ega bo‘ladigan akademik va metodik ma’lumotlar;
kurs davomida shakllantiriladigan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalar;
ta’lim jarayonida shaffoflik va talaba markazlashgan yondashuv masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, xalqaro hamkor universitetlar vakillari bilan oliy ta’lim tizimida o‘quv dasturlarini takomillashtirish, barqaror rivojlanish tamoyillarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda xalqaro standartlarga mos syllabus ishlab chiqish bo‘yicha tajribalar muhokama qilindi.



#yangiliklar



