+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universiteti vakillari Sankt-Peterburgdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

Otabek Mamajonov 21.11.2025 154 marta ko'rilgan
Qo‘qon universiteti vakillari Sankt-Peterburgdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

2025-yil 18–22-noyabr kunlari A. I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida «XXI asr menejmenti: iqtisodiyot, ta’lim va fanda integratsiya» mavzusidagi XXIV Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

20-noyabr kuni konferensiyaning tantanali ochilish marosimi universitetning qadimiy tarixiy binosida o‘tkazildi. Tadbir davomida Qo‘qon universiteti vakili ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli anjumanda Qo‘qon universiteti Raqamli texnologiyalar va matematika kafedrasi dotsenti Ustadjalilova Xurshida Aliyevna universitetimiz nomidan qatnashmoqda. Tadbir doirasida 18–22-noyabr kunlari qisqa muddatli akademik almashinuv dasturi ham amalga oshirilmoqda.

Konferensiya menejment, iqtisodiyot, ta’lim va ijtimoiy sohalardagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, innovatsion yechim va strategiyalar ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, institut direktori Tatyana Valeryevna Rogozinaga Qo‘qon universiteti rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘asi topshirildi.

photo_2025-11-21_11-21-54 (2).jpg

photo_2025-11-21_11-21-50.jpg

photo_2025-11-21_11-21-48.jpg

#yangiliklar