+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universitetida “Adabiyot bayrami” doirasida tadbir o‘tkazildi

Otabek Mamajonov 29.09.2025 131 marta ko'rilgan
Qo‘qon universitetida “Adabiyot bayrami” doirasida tadbir o‘tkazildi

Qo‘qon universitetida “Adabiyot bayrami” doirasida tadbir o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-dekabrdagi “Adabiyot, madaniyat va san’at, ilm-fan sohalari atoqli namoyandalarining tavallud sanalarini munosib nishonlash va ularning faoliyatini keng targ‘ib etish to‘g‘risida”gi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyatida “Adabiyot bayrami” keng nishonlanmoqda. Mazkur tashabbus doirasida Qo‘qon universitetida ham adabiyotimiz ulug‘ darg‘alari xotirasi va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Muqimiy tavalludining 175-yilligi, Mirzo Ho‘qandiy tavalludining 145-yilligi, Ashurali Zohiriy tavalludining 140-yilligi, Charxiy tavalludining 125-yilligi, Sobir Abdulla tavalludining 120-yilligi, shuningdek, O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov, Yo‘ldosh Sulaymon, Maqsuda Egamberdiyeva, G‘ulom Fatxiddin, A’zam O‘ktam va Minxojiddin Mirzoning tavallud sanalariga bag‘ishlangan esdalik ma’ruzalar tinglandi. Universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda adabiyot ahli ishtirokida o‘tgan mazkur tadbirda ijodkorlarning milliy adabiyotimiz taraqqiyotidagi o‘rni, yoshlar tarbiyasiga qo‘shgan hissasi hamda asarlarida aks etgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar keng yoritildi. “Adabiyot bayrami” doirasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuv talabalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, adabiy merosni chuqur o‘rganish va milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.

photo_5390831771148483570_y.jpg

 

photo_5390831771148483573_y.jpg

photo_5390831771148483575_y.jpg

photo_5390831771148483571_y.jpg

#yangiliklar