Qo‘qon universitetida “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon universitetida “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan respublika miqyosida bakalavriat talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida “Eng yaxshi esselar” tanlovi tashkil etildi. Tanlovning bosh maqsadi — yoshlarda halollik, adolatparvarlik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning fuqarolik pozitsiyasi va ijodiy salohiyatini namoyon etishdan iborat bo‘ldi. Tanlovda turli oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli, ijtimoiy faolligi yuqori bo‘lgan talabalari ishtirok etdi. Ularning asarlarida korrupsiyaga qarshi kurashga oid qarashlar, amaliy takliflar va hayotiy yondashuvlar yaqqol aks etdi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi: 1-o‘rin – Turizm va iqtisodiyot fakulteti, Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Aliyeva Zaxroxon 2-o‘rin – Ta’lim fakulteti, 2-bosqich talabasi Dadaboyeva Madinaxon 3-o‘rin – Turizm va iqtisodiyot fakulteti, Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Qodirova Muzayyana Tanlov natijalari yoshlarda halollik va qonun ustuvorligi g‘oyalarini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.



