Qo‘qon universitetida Germaniyaning “Anhalt” universiteti professori ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tashrifning asosiy maqsadi — ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ta’lim jarayonida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zaro almashish va kelgusida qo‘shma loyihalar hamda grant dasturlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.
Mehmon universitetimiz infratuzilmasi, o‘quv binolari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Uchrashuv davomida professor Makrova Yuliya o‘z universiteti faoliyati, Germaniyada ta’lim olish imkoniyatlari, xalqaro grant dasturlari va talabalar almashinuvi loyihalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Qo‘qon universiteti rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar malaka oshirish dasturlari va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir so‘ngida tomonlar o‘zaro do‘stona aloqalarni rivojlantirish va ta’lim hamkorligini yanada kengaytirish istagini bildirdilar.




