Qo‘qon universitetida “Job Fair – 2025” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon universitetida “Job Fair – 2025” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
Qo‘qon universitetida “Job Fair – 2025” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir talabalar va bitiruvchilarga ish va stajirovka joylarini topishda yordam berish maqsadida tashkil etildi. Unda viloyatdagi yetakchi kompaniyalar, tashkilotlar va ta’lim muassasalari ishtirok etdi.
Tadbir talabalar va bitiruvchilarga ish beruvchilar bilan tanishish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olish va intervyu o‘tkazish imkoniyatini yaratdi. Yarmarka ishtirokchilari kompaniya vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar haqida bilish, hamda rezyume tayyorlash va suhbatga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mehnat yarmarkasi yosh mutaxassislarning ishga joylashishiga katta hissa qo‘shdi va ta’lim muassasalari bilan ish beruvchilar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish uchun platforma bo‘ldi.



